Veb-ilovalar · Biznesni avtomatlashtirish · Qo‘llab-quvvatlash

Dinmuhammad

Full-stack dasturchi

Backenddan interfeysgacha to‘liq mahsulot quraman: NestJS va PostgreSQL ustida modulli arxitektura, Next.js / React da interfeys, va ular orasidagi hamma narsa — navbatlar, to‘lov tizimlari, fayl omborlari, Telegram botlar va sun’iy intellekt integratsiyalari. Qo‘lda qilinadigan ishlarni — hisob, qabul, eslatma, xabarnoma — tizimga topshiraman.

  • 8asosiy loyiha
  • 10+boshqa loyihalar
  • 4o‘zbekcha darslik
Dinmuhammad

Xizmatlar

Nima qila olaman

Har bir yo‘nalish bo‘yicha ishlab turgan loyihalar bor — misollarni bosib ko‘ring.

Biznesni avtomatlashtirish

Qo‘lda, daftar va jadvalda qilinadigan ishlarni bitta tizimga o‘tkazish.

  • CRM va ichki ERP
  • Kassa, ombor va hisobotlar
  • Qabul yozuvi va SMS eslatmalar
  • Rollar va xodimlar nazorati

Misollar: Apteka CRM, Klinika ERP, TechJobs

Telegram botlar

Mijoz va jamoa allaqachon o‘tirgan joyda ishlaydigan avtomatika.

  • Kanalga avtomatik postlar
  • Ommaviy va shaxsiy xabarnomalar
  • Bot orqali ariza va buyurtma
  • Signal va monitoring botlari

Misollar: TechJobs, Topkan, AutoTrad bot

SaaS va veb-ilovalar

Bir nechta mijoz yoki filialga xizmat qiladigan to‘liq mahsulot.

  • Ko‘p tashkilotli arxitektura
  • Obuna va tariflar
  • Admin va super-admin panellar
  • SMS, OAuth va AI integratsiyalari

Misollar: Topkan, Apteka CRM, Falaq

To‘lov tizimlari

Qaysi bozorda sotsangiz ham — mahalliy, xalqaro yoki kripto to‘lovni ulash.

  • O‘zbekiston: Payme, Click, Uzum
  • Rossiya: Pay4Game
  • Yevropa va global: Paddle
  • Kripto: Binance Pay
  • Obunalar, webhook’lar va qaytarishlar

Misollar: Almazpro, TechJobs, Ta’lim loyihalari

Loyihani qo‘llab-quvvatlash

Ishga tushirish — yo‘lning yarmi. Tizim ishlab turishi, xatolar tez tuzatilishi va biznes o‘sishi bilan birga o‘zgarishi uchun loyihani keyin ham yuritaman.

  • Monitoring, loglar va xatolarni tez tuzatish
  • Yangi imkoniyatlar va o‘zgarishlar
  • Server, deploy, SSL va zaxira nusxalar
  • Kutubxona va xavfsizlik yangilanishlari
  • Ko‘chirish: yangi serverga yoki bulutga
  • Boshqa jamoa yozgan loyihani qabul qilib olish

Loyihalar

Nimalar qurganman

Ko‘p loyihalar mijozlar uchun, shuning uchun kodlari yopiq. Kartani bosib, har birining ichiga kiring: muammo, mening rolim, arxitektura va muhim qarorlar.

ERP · Telegram bot techjobs.uz ↗

TechJobs — ichki ERP va Telegram bot

Full-stack · ichki boshqaruv tizimi (ERP) va Telegram bot

IT mutaxassislar va ish beruvchilarni bog‘laydigan platformaning ichki boshqaruv tizimi: ish beruvchilarni tekshirish, vakansiyalar moderatsiyasi, obunalar va to‘lovlar, statistika — va bularning hammasi bilan bog‘langan Telegram bot.

  • NestJS
  • TypeORM
  • PostgreSQL
  • Redis
  • +3
Batafsil →
SaaS · POS Apteka CRM

Apteka CRM — dorixonalar uchun kassa va ombor

Full-stack · backend va frontend

Ko‘p dorixonali SaaS: kassa, ombor, hisobotlar va super-admin konsoli (obuna tugasa dorixona avtomatik bloklanadi).

  • NestJS
  • Prisma
  • PostgreSQL
  • React 19
  • +3
Batafsil →
E-commerce almazpro.uz ↗

Almazpro — o‘yin valyutasi do‘koni

Full-stack · backend va veb-sayt

Bigo Live foydalanuvchilari uchun almaz sotuvchi do‘kon. To‘lovdan so‘ng almazlar foydalanuvchi ID’siga avtomatik, provayder API orqali yetkaziladi.

  • NestJS
  • Prisma
  • PostgreSQL
  • BullMQ
  • +2
Batafsil →

Klinika ERP — qabul va SMS eslatmalar

Full-stack · ichki ERP (shifokor sayti boshqa jamoa ishi)

Shifokor uchun ichki tizim: bemorlarning qabul vaqtlari saqlanadi va har bir bemorga kelishidan oldin SMS eslatma yuboriladi. Qancha vaqt oldin eslatilishini shifokorning o‘zi tanlaydi.

  • NestJS
  • React
  • Redis
  • BullMQ
  • +1
Batafsil →
Bot AutoTrad bot

AutoTrad — bozor signallari boti

To‘liq o‘zim

Binance Futures juftliklarini real vaqtda kuzatib, “M” va “W” grafik naqshlarini topadigan va Telegram’ga signal yuboradigan bot.

  • TypeScript
  • Node.js
  • grammY
  • SQLite
  • +3
Batafsil →
Ta’lim JLPT Master · Yuksalish avtotest

Ta’lim loyihalari

Full-stack

Yapon tilini o‘rganish platformasi va o‘quv markazlari uchun haydovchilik imtihoni dasturi.

  • NestJS
  • Prisma
  • BullMQ
  • Socket.IO
  • +3
Batafsil →

Blog

Darsliklarim

O‘zbek tilida yozgan darslik va kurslarim — qisqacha va havolalari bilan.

Barcha yozuvlar →
Darslik

Tizim dizayni kursi: 15 mavzu, ikki qatlam

Mikroservislar, modulli monolit, keshlash, sharding, replikatsiya va boshqalar — har mavzu “Core” va chuqur “Deep/Senior” qatlami bilan, NestJS misollari bilan.

O‘qish →

Ko‘nikmalar

Ish qurollarim

Backend

NestJS, Node.js, TypeScript, REST va Swagger, WebSocket, gRPC, mikroservislar va modulli monolit

Frontend

Next.js (App Router), React, Vite, Tailwind, shadcn/ui, TanStack Query, Zustand, i18n

Ma’lumotlar

PostgreSQL, Prisma, TypeORM, Redis, BullMQ navbatlari, indekslar va so‘rov optimallashtirish

Integratsiyalar

To‘lovlar: Payme, Click, Uzum, Pay4Game, Paddle, Binance Pay; Eskiz SMS; Google, Apple, LinkedIn OAuth; Telegram botlar; S3 / R2; LLM API

Infratuzilma

Docker, docker-compose, PM2, VPS’ga deploy, CI/CD, loglash va yuklama testlari (k6)

Muhandislik

Texnik topshiriq va hujjat bilan boshlash, tizim dizayni, xavfsizlik (shifrlash, JWT rotatsiyasi, rate limit)

Loyihangiz bormi yoki biznesingizni avtomatlashtirish kerakmi?

CRM, ERP, SaaS, Telegram bot, SMS eslatmalar, to‘lov integratsiyasi yoki mavjud loyihani qo‘llab-quvvatlash — vazifani yozing, qanday avtomatlashtirish mumkinligini birga ko‘ramiz.