AutoTrad — bozor signallari boti
To‘liq o‘zim
Binance Futures juftliklarini real vaqtda kuzatib, “M” va “W” grafik naqshlarini topadigan va Telegram’ga signal yuboradigan bot.
- TypeScript
- Node.js
- grammY
- SQLite
- Zod
- Vitest
- Docker
Muammo
Yuzlab juftlikni bir necha taymfreymda qo‘lda kuzatish imkonsiz. Bot eng faol juftliklarni o‘zi tanlaydi, grafikni real vaqtda o‘qiydi va faqat sifatli naqsh paydo bo‘lganda xabar beradi.
Mening rolim
Botni noldan yozdim: birja integratsiyasi, naqshlarni aniqlash algoritmi, signal formatlash va Telegram, saqlash va deploy.
Imkoniyatlar
Ma’lumot
- Hajm bo‘yicha eng faol juftliklar REST orqali tanlanadi va davriy yangilanadi
- Shamlar WebSocket orqali real vaqtda keladi va halqali buferda saqlanadi — xotira cheklangan
Tahlil
- Swing high / low nuqtalarini aniqlash
- Double Top (M) va Double Bottom (W) naqshlari, har biri ishonchlilik bali bilan
Signal
- Bir xil signal qayta yuborilmasligi uchun SQLite’da dedup
- grammY orqali formatlangan Telegram xabari
- Zod bilan konfiguratsiya tekshiruvi, to‘g‘ri to‘xtash (graceful shutdown), Vitest testlari
Arxitektura
Muhim muhandislik qarorlari
Halqali bufer
Har juftlik uchun faqat oxirgi N sham kerak. Halqali bufer xotirani qat’iy cheklaydi — bot haftalab ishlaganda ham o‘smaydi.
Signal — bir marta
Bir naqsh bir necha sham davomida ko‘rinib turadi. SQLite’dagi dedup yozuvlari foydalanuvchiga bir xil signalni takror yubormaslikni kafolatlaydi.