Klinika ERP — qabul va SMS eslatmalar
Full-stack · ichki ERP (shifokor sayti boshqa jamoa ishi)
Shifokor uchun ichki tizim: bemorlarning qabul vaqtlari saqlanadi va har bir bemorga kelishidan oldin SMS eslatma yuboriladi. Qancha vaqt oldin eslatilishini shifokorning o‘zi tanlaydi.
- NestJS
- React
- Redis
- BullMQ
- SMS xizmati
Muammo
Bemor qabul vaqtini unutib qo‘ysa, shifokorning vaqti bo‘sh ketadi, navbatdagi boshqa bemor esa o‘sha vaqtni ololmaydi. Qo‘ng‘iroq qilib eslatish har kuni qo‘lda qilinadigan ish. Tizim buni avtomatlashtiradi: qabul yozilgan zahoti eslatma rejalashtiriladi.
Mening rolim
Shifokorning ichki ERP tizimini qildim: NestJS backend, React interfeys, SMS eslatmalar. Ommaviy sayt (proktologmirzohid.uz) boshqa jamoa tomonidan qilingan — u bu yerda faqat mijozni ko‘rsatish uchun.
Imkoniyatlar
Qabul
- Bemorni va qabul vaqtini kiritish
- Qabullar jadvali
SMS eslatmalar
- Har bir qabul uchun kelishdan oldin avtomatik SMS
- Eslatish muddatini shifokor o‘zi tanlaydi (masalan, bir kun yoki bir necha soat oldin)
- Eslatmalar navbatda rejalashtiriladi va vaqti kelganda yuboriladi
Arxitektura
Muhim muhandislik qarorlari
Eslatma — navbatdagi rejalashtirilgan vazifa
Eslatma vaqti = qabul vaqti − shifokor tanlagan muddat. Qabul saqlanganda shu vaqtga vazifa BullMQ navbatiga qo‘yiladi; Redis uni saqlaydi va vaqti kelganda ishchi SMS yuboradi. Server qayta ishga tushsa ham rejalashtirilgan eslatmalar yo‘qolmaydi.
Muddat — sozlama, kodda emas
Qancha oldin eslatish kerakligi shifokorning sozlamasida turadi. Uni o‘zgartirish uchun dasturchi kerak emas — shifokor o‘zi tanlaydi.