← Barcha loyihalar
E-commercealmazpro.uz ↗

Almazpro — o‘yin valyutasi do‘koni

Full-stack · backend va veb-sayt

Bigo Live foydalanuvchilari uchun almaz sotuvchi do‘kon. To‘lovdan so‘ng almazlar foydalanuvchi ID’siga avtomatik, provayder API orqali yetkaziladi.

  • NestJS
  • Prisma
  • PostgreSQL
  • BullMQ
  • Next.js
  • next-intl

Muammo

Almaz sotuvchilar odatda buyurtmani qo‘lda bajaradi: to‘lovni tekshiradi, keyin almazni qo‘lda jo‘natadi. Bu sekin, xatoli va tunda ishlamaydi. Maqsad — odam aralashmasdan, to‘lovdan keyin soniyalarda yetkazib beradigan do‘kon.

Mening rolim

Backend va veb-saytni qildim: buyurtmalar, to‘lov integratsiyasi, avtomatik yetkazish, narxlar va paketlar, admin panel.

Imkoniyatlar

Mijoz uchun

  • Paket tanlash, Bigo ID kiritish, to‘lov va buyurtma holatini kuzatish
  • To‘rt tilli interfeys

Avtomatik yetkazish

  • To‘lov tasdiqlangach buyurtma navbatga tushadi va provayder API orqali yetkaziladi
  • Xato bo‘lsa — navbatda qayta urinish, holat adminga ko‘rinadi
  • Limitlar va narxlash qoidalari

Admin

  • Buyurtmalar ro‘yxati va filtrlar, paketlar va narxlar
  • Ikki bosqichli kirish (TOTP), bildirishnomalar

Arxitektura

Mijoz
Next.js saytnext-intl (4 til)
API
BuyurtmalarTo‘lovlar va webhookAdmin + TOTP
Fon ishlari
BullMQ: yetkazishBildirishnomalar
Tashqi
To‘lov provayderiBigo Open Platform

Muhim muhandislik qarorlari

1

To‘lov va yetkazish — alohida qadamlar

Webhook faqat to‘lovni qayd qiladi va yetkazish vazifasini navbatga qo‘yadi. Provayder API sekin yoki ishlamay qolsa, to‘lov yo‘qolmaydi — yetkazish keyinroq qayta urinib ko‘riladi.

2

Admin uchun ikkinchi omil

Admin panel pulga bevosita ta’sir qiladi, shuning uchun parol yetarli emas — TOTP (ikki bosqichli autentifikatsiya) majburiy.

Loyihangiz bormi yoki biznesingizni avtomatlashtirish kerakmi?

CRM, ERP, SaaS, Telegram bot, SMS eslatmalar, to‘lov integratsiyasi yoki mavjud loyihani qo‘llab-quvvatlash — vazifani yozing, qanday avtomatlashtirish mumkinligini birga ko‘ramiz.