15 ta mashhur tizim noldan: System Design darsligi
ChatGPT, YouTube, Spotify, Google Docs va boshqa tizimlar qanday ishlaydi — eng sodda yechimdan bugungi arxitekturagacha, hisob-kitob va amaliy topshiriqlar bilan.
Tizim dizaynini o‘rganishdagi eng katta muammo — mavzular havoda qoladi: “kesh qo‘ying”, “navbat qo‘shing”. Nega aynan shu yerda, qancha foyda beradi, va evaziga nima yo‘qotiladi — bu savollar ko‘pincha javobsiz qoladi.
Bu darslikda har bir dars bitta haqiqiy tizim atrofida qurilgan va bir xil yo‘ldan boradi: muammo va raqamlar, eng sodda ishlaydigan yechim, u qayerda sinadi, va o‘n to‘rt qadamlik evolyutsiya — har bir qadamda nima yutilgani va nima yo‘qotilgani bilan. Keyin ishonchlilik, xavfsizlik, iqtisod, intervyu savollari va amaliy topshiriq.
Har bir darsning dizayni o‘sha mahsulotga o‘xshaydi: Spotify darsi pleylist kabi, Google Docs darsi hujjat kabi, YouTube darsi video sahifasi kabi. Hozir tayyor: ChatGPT, URL qisqartiruvchi, Redis, Twitter tasmasi, Reddit, Slack, WhatsApp, YouTube, Spotify va Google Docs.
Amaliy qismda har bir dars uchun tayyor kod bor: simulyator yoki o‘lchov skripti va o‘quvchi to‘ldiradigan qism. Tekshiruvlar esa “ishladi” emas, raqam bilan: masalan, Google Docs darsida o‘zingiz yozgan operatsion transformatsiya 20 000 ta tasodifiy juftlik va yuzlab simulyatsiya bilan sinaladi.