AI agent bilan ishlash — chat bilan gaplashish emas. Kurs agent qanday ishlashidan boshlab kontekst, ruxsatlar, tekshirish, subagentlar, hooks, MCP, plaginlar va CI gacha olib boradi: natijasiga ishonsa bo‘ladigan, xavfsiz va tejamli ish usuli.
Chat va agent farqi: model o‘ylaydi, asbob chaqiradi, natijani ko‘radi va yana o‘ylaydi. Kursning qolgan hamma darslari tayanadigan aqliy model — raqamlar va real sessiya misoli bilan.
Terminal, VS Code, JetBrains, desktop, web va mobil: qaysi biri qachon kerak. O‘rnatish, kirish, yangilanish va birinchi haqiqiy vazifa.
Nimaga ruxsat berish kerak va nimaga yo‘q: permission rejimlari, allow/ask/deny qoidalari, plan mode, sandbox — va nega CLAUDE.md xavfsizlik chegarasi emas.
Nega uzun sessiya “aqlsizlanadi”: kontekst qanday to‘ladi, /context, /compact, /clear, /rewind va checkpointlar, sessiyani davom ettirish.
Loyiha qoidalarini Claude’ga bir marta o‘rgatish: CLAUDE.md ierarxiyasi, importlar, rules, avtomatik xotira — nimani yozish va nimani yozmaslik.
Professional ish usuli: aniq vazifa, misollar va cheklovlar, plan mode, intervyu orqali spetsifikatsiya, kontekstni toza tutish.
Kursning yuragi: Claude’ga tekshiriladigan maqsad berish, test birinchi, mustaqil review, Stop hook va /goal bilan “tugadi”ni isbotlash.
Commit, branch va PR’ni Claude bilan; worktree’lar va parallel sessiyalar; xatodan qaytish — rewind va git qachon kerak.
Notanish loyihaga kirish, arxitekturani o‘rganish, katta refaktor va migratsiyani bo‘laklarga bo‘lish, xavfni nazorat qilish.
Takrorlanadigan ishni bitta buyruqqa aylantirish: SKILL.md tuzilishi, frontmatter, argumentlar, dinamik kontekst va qachon skill kerak emas.
Kontekstni tejash va ishni bo‘lish: o‘rnatilgan Explore va Plan, o‘z agentingiz, model va asboblarni cheklash, izolyatsiya.
“Har safar, istisnosiz” bo‘lishi kerak bo‘lgan narsalar: hook hodisalari, matcherlar, exit 2, JSON javob va sozlamalar ierarxiyasi.
GitHub, ma’lumotlar bazasi, brauzer va boshqa xizmatlarni ulash: transportlar, scope’lar, .mcp.json, ruxsatlar va prompt injection xavfi.
Skills, subagentlar, hooks va MCP’ni bitta paketga yig‘ish: plagin tuzilishi, o‘rnatish va scope’lar, o‘z marketplace’ingiz, jamoaga tarqatish, plugin eval va xavfsizlik.
claude -p bilan avtomatlashtirish, JSON chiqish, GitHub Actions va avtomatik code review — kuzatuvsiz ishlashning xavfsiz usullari.
Sirlar, ishonchsiz repolar, prompt injection; model va effort tanlash, fast mode, /usage — va yakuniy loyiha.